21:49 / 27.04.2024
196

Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video)

Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video)
Foto: AP
26 aprel kuni AQSH bo‘ylab halokatli tornado o‘tdi. Bu haqda AP xabar berdi.

Kun davomida Nebraska, Texas va Kanzasda kamida 25 ta tornado qayd etildi. Nebraskada turar-joy binolari vayron bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi. Texas va Ayova shtatlaridagi obyektlar ham shikastlandi. Qayd etilgan shtatlardan tashqari, Missuri va Oklaxomada tornado haqida ogohlantirishlar kuchga kirdi.

Nebraska shtati Lankaster okrugidagi dovul paytida sanoat binosi zararlandi, oqibatda uch kishi jabrlandi. Tornado vaqtida binoda 70 kishi bo‘lgan. Rasmiylar odamlarning hayoti uchun xavf tug‘dirmaydigan jarohatlar olganini aytdi. Shuningdek, tornado Ueverli yaqinida poyezdni ag‘darib yubordi.

Nebraskada dovullar Omaxa chekkasida, asosan shaharning g‘arbiy tomonida joylashgan yuzlab uylarga zarar yetkazdi yoki vayron qildi. Elxorn hududida o‘nlab yangi qurilgan uylar vayron bo‘ldi.

Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, tornado «shimoldagi hududlarni tekislab tashlagan». Bir necha kishi jarohat olgan, qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Omaxa tornadosi paytida rasmiylar aeroportni yopdi. Yo‘lovchi terminali shikastlanmagani aytilmoqda. Tornado aeroport va Missuri daryosidan o‘tib, Ayova shtatiga kirdi.

Omaxa hududida 26 aprel kuni tornado tufayli 10 mingga yaqin iste’molchi elektr ta’minotidan mahrum bo‘ldi. Ayova shtatidagi Minden kichik shaharchasi ham jiddiy zarar ko‘rdi. Ayova shtati bo‘ylab tornado haqida ogohlantirishlar tungacha davom etdi.

Milliy ob-havo xizmati 27 aprel kuni Ayova, Kanzas, Missuri, Oklaxoma va Texas shtatlarida tornado bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video)