Ota o‘g‘lini saqlab qolish uchun shifoxonaga qurol bilan kirdi

1 daqiqa o'qish177
Ota o‘g‘lini saqlab qolish uchun shifoxonaga qurol bilan kirdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSHning Texas shtatida Jorj Pikering og'ir insultdan so'ng koma holatiga tushib, miyasi o'lgan degan xulosa chiqarilgach, otasi uning hayotini saqlab qolish uchun shifoxonaga to'pponcha bilan kirdi.
  • Shifokorlar Jorjni hayotni ta'minlovchi apparatdan uzishga va tana a'zolarini donorlikka berishga tayyorgarlik ko'rayotgan edi.
  • Taxminan uch soat o'tgach, Jorj otasining qo'lini bir necha marta qattiq qisib, miyasi butunlay ishdan chiqmaganini ko'rsatdi.

AQSHning Texas shtatida yuz bergan bu voqea ota mehri va farzandi uchun kurashish tuyg‘usi qanchalik kuchli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Jorj Pikering ismli yigit og‘ir insultni boshdan kechirib, komaga tushganidan so‘ng shifokorlar uning miyasi o‘lgan, degan xulosaga kelgan.

Shundan keyin tibbiyot xodimlari uni hayotni ta’minlab turgan apparatdan uzishga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. Hatto yigitning tana a’zolarini donorlikka berish uchun ro‘yxatga olish ishlari ham boshlangan.

Biroq Jorjning otasi o‘g‘lining vafot etganiga ishonmagan. U shifokorlar xulosaga kelishda shoshilayotganini his qilib, shifoxonaga to‘pponcha bilan kirgan va o‘g‘li yotgan xonada qolib ketgan.

Ko‘p o‘tmay shifoxonaga politsiya xodimlari yetib kelgan. Shunga qaramay, ota taxminan uch soat davom etgan tarang vaziyatda o‘g‘lining qo‘lini ushlab, undan biror belgi berishini so‘ragan.

O‘g‘lining harakati barcha shubhalarni o‘zgartirdi

Biroz vaqt o‘tgach, komada yotgan Jorj otasining so‘zlariga javoban uning qo‘lini bir necha marta qattiq qisgan. Bu harakat yigitning miyasi butunlay ishdan chiqmaganini va u hali tirik ekanini ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng ota politsiyaga tinchgina taslim bo‘lgan. U noqonuniy ravishda qurol qo‘llagani uchun hibsga olinib, qariyb bir yil qamoqda o‘tirgan.

Biroq uning o‘g‘lini hayotdan uzib qo‘ymaslik uchun qilgan qat’iy harakati Jorjning hayotini saqlab qolishga sabab bo‘lgan. Shifokorlar davolash jarayonini qayta tiklaganidan keyin yigitning ahvoli yaxshilanib, u to‘liq sog‘ayib ketgan.

Keyinchalik Jorj o‘z intervyusida otasining qilmishi haqida shunday degan:

«Otam qonunni buzdi, lekin buni to‘g‘ri sabab tufayli qildi. Men hozir aynan shu sababli tirikman».

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?