21:19 / 28.04.2024
369

Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi
Foto: Reuters
Ukraina tashqi ishlar vazir Dmitriy Kuleba Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi. Bu haqda u CNN telekanalida ma’lum qildi.

Kulebaning ta’kidlashicha, Putin Moskvaning harbiy harakatlariga dunyoning munosabatini “siyosiy hayvon” sifatida his qiladi va shunga mos ravishda javob qaytaradi. Shu sababli hamkor davlatlar Kiyevga yordam berishni kechiktirmasligi kerak.

Ukraina diplomati AQSH qariyb 61 milliard dollarlik harbiy yordam ajratishiga minnatdorlik bildirdi.

Butun dunyo Ukrainaga yordamning har qanday kechikishi halok bo‘lgan askarlarning jasorati va fidoyiligi bilan qoplanishini unutmasligi kerak. Biz kuzdan to shu kungacha askarlarimizni yetarlicha qurol-yarog‘ yo‘qligi sababli yo‘qotdik”, — deya ta’kidladi u.

Kuleba hamkorlardan “Ukraina g‘alabaga erishishi mumkinligiga qat’iy ishonishni” hamda “Putindan qo‘rqmaslikni” talab qildi.

Chunki Putin qo‘rquvga quloq tutuvchi siyosiy hayvon. U buni his qilganida tajovuzkorroq bo‘ladi. Agar u, masalan, AQSH Kongressi ko‘rsatgan kuchdan (harbiy yordamni) xabar topsa, chekinishga majbur bo‘ladi. Ukraina tajovuzkor davlatga (Rossiyaga) qarshi kurashishdan voz kechmoqchi emas, chunki gap millatning, suveren davlatning omon qolishi haqida ketmoqda”, — dedi tashqi ishlar vaziri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi