21:39 / 28.04.2024
238

Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi

Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi
Foto: ESA
Ukraina Xavfsizlik xizmatining dronlari 27 aprelga o‘tar kechasi Rossiyaning “Kushevskaya” bazasiga zarba berdi. Bu haqda “24 Kanal” xabar berdi.

Harbiy obyekt Krasnodar o‘lkasida xuddi shu nomdagi aholi punktining janubi-g‘arbiy qismida, qishloq markazidan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan. Defence ekspress tahlilchilariga ko‘ra, “Kushevskaya” o‘quv bazasidan front chizig‘igacha bo‘lgan masofa taxminan 250 kilometrni tashkil qiladi. Ukraina dronlari uchun bu uzoq masofa emas, garchi ular aynan qayerdan uchirilgani noma’lum.

Mutaxassislar Ukraina dronlari universal modulli rejalashtirish to‘plamlari bo‘lgan omborni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lganini aytmoqda.

Ehtimol, rus harbiylari ulardan oddiy bombalarni boshqariladigan bombalarga aylantirish uchun foydalangan”, — deyiladi xabarda.

Aerodromda “Su-34” qiruvchi samolyotlari ham joylashgan, biroq ularga zarar yetgani haqida tasdiqlangan ma’lumotlar yo‘q. Katta ehtimol bilan Rossiya aviatexnikalarining joylashuvini o‘zgartirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi