11:07 / 29.04.2024
228

Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi

Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Foto: RIA Novosti / Zaxari Shoyrer
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati 28 aprel, yakshanba kuni kechki sharhda Germaniyada bir kun oldin halok bo‘lgan Ukraina fuqarolari Rossiyaga qarshi urushda yaralanganidan keyin reabilitatsiya kursidan o‘tayotgan harbiy xizmatchilar bo‘lganini ma’lum qildi. Hozirda konsullar marhumlarning xizmat qilgan bo‘linmalari haqidagi ma’lumotlarni aniqlab, ularning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatmoqda.

«Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Tashqi ishlar vazirligining Konsullik xizmati departamenti va Myunxendagi Bosh konsulligiga ishni alohida nazoratda ushlab turish va qotilning jazolanishi uchun Germaniya huquq-tartibot idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lishni topshirdi», deyiladi sharh matnida.

TIV rahbari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining 57 yoshli fuqarosi bo‘lgan gumonlanuvchi tezkor qo‘lga olingani uchun Germaniya huquq-tartibot idoralari xodimlariga minnatdorchilik bildirdi. Germaniya hukumati 28 aprel kuni qabul qilgan choraga ko‘ra, u sudgacha hibsda bo‘ladi.

Rossiyalik ikkita qotillikda gumon qilinmoqda

27 aprel kuni Germaniya janubidagi Garmish-Partenkirxen yer okrugidagi Bavariyaning Murnau shahrida ikki Ukraina fuqarosi halok bo‘ldi. 36 yoshli erkak pichoqdan olingan og‘ir jarohatlardan voqea joyida vafot etgan, 23 yoshli erkak esa og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan va keyinchalik u ham hayotdan ko‘z yumgan.

Jinoyatchi deb taxmin qilingan shaxs yashiringan. Tez orada qidiruvlar paytida 57 yoshli gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, u Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lib, jinoyat sodir etilgan yerga yaqin joyda yashaydi.

«Biz hali tergovning boshida turibmiz», dedi qotillik sodir etilgan kuni jurnalistlarga mintaqaviy politsiya boshqarmasi matbuot kotibi Daniel Kas. «Hodisaning aniq rivoji, kelib chiqish sabablari hozirda jinoiy tergov predmeti hisoblanadi», — deya qo‘shimcha qildi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi