18:23 / 29.04.2024
1 113

Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda

Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Illustrativ foto: Getty Images
Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Jurnalist Mixail Kozachkovga ko‘ra, gumonlanuvchining shaxsi lombard xodimlari tufayli aniqlangan. Qo‘riqchi telefonini garovga qo‘yish uchun lombardga olib kelgan. Qurilma erkakka tegishli ekaniga ishonch hosil qilish uchun undan galereyani ochish so‘ralgan va 18+ kontent aniqlangan.

Ushbu fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash izolatoriga joylashtirildi”, — deya izoh berdi shahar ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan “Marhumlarning jasadlari va ular dafn etilgan joylarni tahqirlash” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tegishli ish bo‘yicha gumonlanuvchi 11 million tengedan (24,8 ming dollar) ortiq jarimaga tortilishi, jamoat ishlari va uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Hozirda tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda