17:39 / 30.04.2024
305

Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi

Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Illustrativ foto: Yeni Safak
Eron hukumati kelasi uch yil ichida Afg‘oniston bilan chegarasini mustahkamlash bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni yakunlamoqchi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Bu vaqt ichida Tehron 4 metr balandlikdagi beton devor qurish, sim to‘siqlar va panjara o‘rnatishni rejalashtirgan. Umuman olganda, Islom Respublikasi chegarani mustahkamlash uchun 3 milliard dollar sarflashni rejalashtirmoqda.

Tehron Afg‘oniston bilan chegarani mustahkamlash zarurati haqida bir yil avval o‘ylay boshlagandi. 2023 yil may oyida Eron chegarachilari va “Tolibon” harbiylari o‘rtasida otishma bo‘lib o‘tgandi, o‘shanda nafaqat o‘qotar qurollar, balki harbiy texnika ham qo‘llangan.

Ushbu hodisa oqibatida eronlik chegarachi halok bo‘lgan, yana ikki nafari yaralangan. “Tolibon”ning yo‘qotishlari ancha jiddiyroq bo‘lgan. Shundan so‘ng “Tolibon” vakillarining Eron bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini saqlab qolish niyatlari haqidagi bayonotlariga qaramay, Islom Respublikasi chegarani mustahkamlashga qaror qilgan. Aniq rejani ishlab chiqish uchun deyarli bir yil vaqt ketdi.

Eron chegarachilari va “Tolibon” o‘rtasida to‘qnashuvlar avvalgi yillarda ham bo‘lgan. Ma’lumot uchun, Eron va Turkiya chegarasida ham beton devor va sim to‘siqlar o‘rnatilgan.

Eron rasmiylari qaror xavfsizlik nuqtayi nazaridan qabul qilinganini aytgan. Eron ichki ishlar vaziri Ahmad Vohidiy bir necha oy oldin mamlakat Pokiston va Afg‘oniston bilan “chegara blokadasi rejasi”ni amalga oshirayotganini ma’lum qilgandi. Rejani amalga oshirish uchun Eron armiyasi va turli kuchlar javobgar bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi