21:20 / 02.05.2024
58

Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi

Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Foto: Anadolu
Turkiya qurolli kuchlari 2 may kuni Suriya va Iroq shimolidagi maxsus operatsiya doirasida Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qilgan. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, terrorchilar turk harbiy istehkomlari atrofida aniqlangan nishonlarda bo‘lgan. Chegaradagi havo kuchlari va quruqlik brigadalari hamkorligida harakat qilinib, terrorchilar yo‘q qilingan.

Turkiya Milliy mudofaa vazirligi 2024 yil yanvaridan beri mamlakat janubiy chegaralari yaqinida 843 nafar terrorchi yo‘q qilinganini bildirgan. Ulardan 376 nafari Iroqda, 469 nafari esa Suriya shimolidagi maxsus operatsiya zonasida halok bo‘lgan.

Akturk manbasi xabar berishicha, o‘tgan haftada terrorchi tashkilotlarga a’zolikda gumonlangan 364 nafar shaxs chegarani noqonuniy yo‘llar bilan kesib o‘tishga uringan paytda qo‘lga olingan. Shuningdek, Suriya va Iroq shimolidan kelgan 2264 nafar shaxsning chegarani kesib o‘tishi oldi olingan.

Yanvar oyidan buyon chegaralarimizni noqonuniy kesib o‘tishga uringan holda qo‘lga olingan shaxslar soni, 2024 yil 1-choragi ma’lumotlariga ko‘ra, 3133 nafarga yetgan. Chegarani kesib o‘tish paytida to‘xtatilgan shaxslar umumiy soni esa 50860 nafardan oshgan”, — deyilgan rasmiy xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Kurdiston ishchi partiyasi 40 yildan ortiq vaqtdan beri Turkiya va Yaqin Sharq hududida terrorchilik hujumlari tashkil etib keladi. Partiya rasman Turkiya, AQSH va Yevropa Ittifoqi tomonidan terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan. Partiya uyushtirgan teraktlar oqibatida umumiy 40 ming nafardan ortiq odam, jumladan, ayollar, bolalar va go‘daklar halok bo‘lgani xabar qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi