date
views 186

Quyoshda navbatdagi kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Quyoshda navbatdagi kuchli chaqnash sodir bo‘ldi
Foto: SDO/AIA
Quyoshda 14 may kuni navbatdagi kuchli chaqnash sodir bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi rahbari Sergey Bogachevga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Quyosh faolligining joriy 25-siklida eng katta chaqnash sodir bo‘ldi. Chaqnash bali X8.7. Taqqoslash uchun: yaqinda G5 magnit bo‘roniga sabab bo‘lgan chaqnashlar X5,8 ballga ega edi”, — dedi Sergey Bogachev.

Mutaxassisning tushuntirishicha, X9.3 darajasidagi bir oz kattaroq chaqnash 2017 yil 6 sentyabrda, ya’ni deyarli olti yil avval kuzatilgan. Yangi chaqnash o‘tgan hafta Yerda magnit bo‘roniga sabab bo‘lgan chaqnashlar bilan bir xil markazda sodir bo‘lgan. Yer atmosferasiga kuchli radiatsiya bosimi kuzatilishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Quyoshda navbatdagi kuchli chaqnash sodir bo‘ldi