
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoga qilingan hujumni dahshatli deb atadi. Bu munosabat uning X tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.
«Biz qo‘shni hamkor davlat hukumati rahbariga nisbatan qilingan bu zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz. Zo‘ravonlik hech qaysi davlatda, qaysi shaklda va qaysi sohada bo‘lmasin, normaga aylanib qolmasligi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish kerak», — deb yozadi Ukraina rahbari.
Zelenskiy, shuningdek, Slovakiya xalqi bilan birdamlik tiladi va Fikoning tezroq tuzalib ketishiga umid bildirdi.
15 may kuni Slovakiyaning Handlov shahrida mamlakat bosh vaziriga suiqasd qilingani ma’lum bo‘ldi. Natijada respublika bosh vaziri tan jarohati oldi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bosh vazirning ahvoli jiddiy, so‘nggi soatlar uning hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.
Fitsoga suiqasd uyushtirilganiga Vengriya bosh vaziri Viktor Orban, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, NATO bosh vaziri Yens Stoltenberg ham munosabat bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Bosh vazir Fitso Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishga qarshi pozitsiyasini namoyish etib kelgan va Zelenskiy hamda uning munosabatini o‘ta zo‘r deb bo‘lmasdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar