
Foto: Videodan kadr
Isroil tunda chegaradan taxminan 90 kilometr uzoqlikdagi Livanning Baalbek rayoniga aviazarbalar berdi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
Isroil armiyasiga ko‘ra, bu mamlakatning shimoliy qismi o‘qqa tutilishiga va Isroil-Livan chegarasida “Hizbulloh” dronining portlatilishiga javobdir. Havo hujumlarida Bekaa vodiysidagi Nabi Chit va Brital shaharlari yaqinidagi obyektlar nishonga olingan.
15 may kuni “Hizbulloh” Isroil shimolidagi armiya bazasiga kamikadze dronlari uchirdi. Hodisa oqibatida qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. Hujum Isroil 14 may kuni Livan janubida “Hizbulloh” qo‘mondoni Husayn Mekkini o‘ldirganiga javoban amalga oshirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2023 yil 8 oktyabrdan beri “Hizbulloh”ning Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvlardagi yo‘qotishlari 297 nafarga yetdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar