date
views 376

Pelening portreti auksionda yarim million yevroga sotildi. Xaridor hammaga tanish

Pelening portreti auksionda yarim million yevroga sotildi. Xaridor hammaga tanish
16 may kuni PSJ klubi futbolchilari Artcurial kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan xayriya auksionida qatnashishdi.

Afsonaviy futbolchi Pelening "Qirol" deb nomlangan portreti 5 ming yevro boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yildi.

Auksion boshida ushbu kartinaga olti kishi da’vogarlik qildi. Suratning narxi 300 ming yevroga ko‘tarilganidan so‘ng, kurashga Kilian Mbappe va Ashraf Hakimi qo‘shildi. Yakunda Kilian jamoadoshini quvib o‘tdi va Pelening portretini 520 ming yevroga sotib oldi.

Ushbu tadbirda umumiy hisobda 2,7 mln yevro mablag‘ yig‘ildi. Bu pullarning barchasi xayriya maqsadida ishlatiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pelening portreti auksionda yarim million yevroga sotildi. Xaridor hammaga tanish