date
views 235

Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi

Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi
Arxiv foto: dailysabah.com
Ukrainaning Xarkov viloyatidan 18 may kuni 10 ming nafarga yaqin fuqaro favqulodda evakuatsiya qilingan. Bu haqda Xarkov viloyati harbiy boshqarmasi rahbari Oleg Sinegubov bergan ma’lumotga asoslanib, “TASS” nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, hududdan jami 9907 nafar fuqaro evakuatsiya qilingan. Bunga sabab sifatida evakuatsiya zonasi atrofida Rossiya hujumlari intensivlashgani keltirilgan.

Hozirga qadar Chuguyevskiy tumanidan 2726 nafar, Xarkovskiy tumanidan 4037 nafar va Bogoduxovskiy tumanidan 118 nafar aholi vakillari evakuatsiya qilindi. Ko‘ngillilar yana 3026 kishini evakuatsiya qilgan. Evakuatsiya qilinganlarning umumiy soni 9907 nafarni tashkil etadi”, — deyiladi Xarkov viloyati rasmiylari e’lon qilgan bayonotda.

Avvalroq Ukraina rasmiylari Xarkov hududida vaziyat og‘ir ekanini tan olgan edi. Ukraina Bosh shtabi 14 may kuni mamlakat qurolli kuchlari Volchansk shahri va Lukyansi aholi punkti yaqinida qisman ortga chekinib, qulay pozitsiyalarga joylashganini ma’lum qilgan. Hududga qo‘shimcha zaxiralar joylashtirilgani e’lon qilingan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 16 may kuni Xarkovda yuqori martabali qo‘mondonlar bilan uchrashuv o‘tkazgan. Prezident vaziyat bilan shaxsan tanishib, holatni o‘ta o‘g‘ir deya baholagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Moskva qo‘shinlari dushman mudofaa chizig‘iga chuqur kirib borishda davom etayotganini bildirgan. Xarkov viloyatining 10 ga yaqin aholi punktlari egallangani ma’lum qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi