12:17 / 23.05.2024
203

Ruminiya parlamentida deputat hamkasbining burnini tishlab oldi (video)

Ruminiya parlamentida deputat hamkasbining burnini tishlab oldi (video)
Foto: G4Media.ru
Ruminiyada deputat Dan Vilchan parlamentdagi yig‘ilishdan so‘ng liberal partiyadan hamkasbi Florin Romanning burnini tishlab oldi. Voqea aks etgan video G4media nashrida e’lon qilindi.

Voqea qonun chiqaruvchi organning koridorida sodir bo‘lgan. Avvaliga deputatlar janjallashgan, keyin bir-birining yoqasidan tortgan.

"U xuddi kannibal kabi bosh qismimni tishlamoqchi bo‘ldi va men boshimni tushirganimda, tizzasi bilan urdi", — deydi jabrlanuvchi.

Florin Romanning so‘zlariga ko‘ra, bu janjal emas, hujum bo‘lgan. Vilchan esa uni bunga turtkilashgani, shundan so‘ng u Romanni yelkasidan ushlagani, lekin jang qilmaganini bildirgan. Ular o‘rtasidagi mojaroning aniq sabablari noma’lum.

Deputatlar palatasining huquqiy qo‘mitasi Vilchanni olti oyga jazolagan. Unga yalpi majlislarda 10 soniyadan ko‘proq nutq so‘zlash taqiqlangan va maoshi ikki barobarga kamaytirilgan. Jabrlanuvchi sud tibbiy xulosasi berilishini kutmoqda. U raqibiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ruminiya parlamentida deputat hamkasbining burnini tishlab oldi (video)