
Foto: Anadolu
Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreya bilan chegarada nazoratni kuchaytirish uchun demarkatsiya zonasida sun’iy intellekt tizimlarini o‘rnatadi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Sun’iy intellekt tizimi Janubiy Koreya askarlariga Shimoliy Koreya chegarasidagi faollikni tahlil qilishda yordam berishi xabar qilingan. Ushbu tizim kelgusida bosqichma-bosqich yangilab boriladi.
Manbada aytilishicha, Seul Koreya yarimorolini ikkiga bo‘luvchi shimoliy Kyonggi provinsiyasining Yeonchxon okrugi chegarasi bo‘ylab sun’iy intellekt tizimlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Ushbu tizimlarni o‘rnatishdan asosiy maqsad Shimoliy Koreyaning kuchayib borayotgan tahdidlariga qarshi turish ekanligi aytilgan.
“Janubiy Koreya armiyasining Hansan bataloni real vaqt rejimida videotasvirlarni tahlil qilish hamda odamlar va yovvoyi tabiatni, masalan, bug‘u va cho‘chqalarni tanib olish uchun o‘rnatilgan termal kuzatuv qurilmalarida sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanmoqda”, — deyilgan Janubiy Koreya harbiylari e’lon qilgan hisobotda.
Tizim askarlarga Shimoliy Koreya chegarasidagi faollikni tahlil qilishda yordam berishi ma’lum qilingan. Xatar aniqlangan taqdirda, bu tizimlar avtonom ravishda markaziy tarmoqqa xabar jo‘natadi.
Bundan tashqari, Janubiy Koreya harbiylari qo‘shinlarning piyoda yetib kelishi uchun vaqt talab qiladigan tepaliklarni kuzatish uchun temiryo‘l to‘sig‘i bo‘ylab tezlik bilan harakatlanadigan robot-kameralardan foydalanmoqda.
Janubiy KoreyaShimoliy KoreyaSun'iy IntellektChegarada NazoratTizimni O'rnatishHarbiy Texnologiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing