20:29 / 23.05.2024
380

Moskva viloyatidagi xostel yonib ketdi, 8 kishi halok bo‘ldi

Moskva viloyatidagi xostel yonib ketdi, 8 kishi halok bo‘ldi
Foto: Russian Emergencies Ministry
Moskva viloyatida joylashgan xostellardan birida 23 may kuni kelib chiqqan yong‘in oqibatida kamida 8 nafar shaxs halok bo‘ldi. Bu haqda The Moscow Times nashri Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi bayonotiga asoslanib, xabar berdi.

Yong‘in mahalliy vaqt bilan 4:00 da boshlangan va besh soatga yaqin davom etgan. Hodisa oqibatida hozircha 2 nafar shaxs jarohatlangani xabar qilingan.

Xostel Istra shahrida joylashgani xabar qilingan. Yong‘in o‘chirilgach dastlab 6 kishining jasadi topilgan. Keyinchalik jasadlar soni 8 taga yetgan.

Rasmiylar halok bo‘lganlar soni 15 taga yetishi mumkinligini xabar bergan. Vayron bo‘lgan binoda qidiruv ishlari davom ettirilayotgani aytilgan.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tarqatilgan videoda binoning kuygan qoldiqlari aks etgan. 80 kvadrat metr maydondagi bino yong‘in oqibatida vayron bo‘lgan.

Moskva viloyati prokuraturasi 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Muzaffarxon Mirtozayev xostel binosini ijaraga olib, uni hujjatsiz muhojirlarga yashash uchun berganini aniqlagan. Huquq-tartibot organi voqeadan keyin noqonuniy migratsiyani tashkil etish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atganini ma’lum qilgan. Muzaffarxon Mirtozayev hibsga olingan.

Yonib ketgan xostelda O‘zbekiston va Turkmanistondan kelgan noqonuniy migrantlar bo‘lgani aytilgan. Politsiya halokat qurbonlari shaxsini aniqlayotgani xabar qilingan.

Xostelning qonuniy egasi 39 yoshli Yelena ismli tadbirkor ayol bo‘lgan. U 2015 yilda xostel binosini meros qilib olgan. Ushbu davrdan boshlab o‘z tasarrufidagi binoni ijaraga berib kelgan.

Rasmiylar xabar berishicha, yong‘in xosteldagi kamindan kelib chiqqan. Qurbonlarning ko‘pchiligi tutun oqibatida nafas ololmaslikdan halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva viloyatidagi xostel yonib ketdi, 8 kishi halok bo‘ldi