date
views 124

Ruminiyada Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumonlangan shaxs hibsga olindi

Ruminiyada Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumonlangan shaxs hibsga olindi
Foto: The Moscow Times
Ruminiyada Rossiya foydasiga josuslik qilishda ayblangan shaxs hibsga olindi. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar berdi.

Ruminiya prokuraturasi juma kuni Moskva foydasiga josuslikda gumon qilingan shaxsni hibsga olishga buyruq chiqargan. Ushbu shaxs bilan aloqalari fosh qilingan Rossiya diplomati Ruminiyada persona non grata deb e’lon qilingan.

Prokurorlarning ta’kidlashicha, hibsga olingan Ruminiya fuqarosi 2022 yildan beri Ukraina bilan chegaraga yaqin Tulcha munitsipaliteti yaqinida joylashgan Ruminiya yoki NATO harbiy obyektlarini kuzatib kelgan. Ular haqida batafsil ma’lumot to‘plashga harakat qilgan.

U Rossiyaning Buxarestdagi elchixonasi diplomatlariga ma’lumot uzatib turgan. Hibsga olingan shaxs harbiy ma’lumot to‘plash va harbiy jangovar texnika hamda shaxsiy tarkibning Ukraina bilan chegaradosh hududdagi harakatini suratga olishda ayblanmoqda.

Rasmiylar hibsga olingan erkakning yoshi va shaxsini oshkor qilmagan. Tergov davom etayotganligi bildirilgan.

Keyinroq Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasi diplomatini diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasini buzishda ayblab, Ruminiya hududida persona non grata deb e’lon qilgan.

Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya muvaqqat ishlar vakilini qaror haqida xabardor qilish uchun idorasiga chaqirganini bildirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ruminiyada Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumonlangan shaxs hibsga olindi