date
views 207

Isroil kuchlari ishtirokida uyushtirilgan otishmada Misr askari halok bo‘ldi

Isroil kuchlari ishtirokida uyushtirilgan otishmada Misr askari halok bo‘ldi
Foto: AP
G‘azo janubidagi Rafah o‘tkazish punkti yaqinida 27 may kuni Isroil kuchlari ishtirokida yuz bergan otishmada chegara yaqinida turgan Misr askari halok bo‘ldi. Bu haqda Al Arabia nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Isroil nazorati ostidagi Rafah o‘tkazuv punktida otishma yuz bergan. Hodisa oqibatida o‘tkazuv punktiga yaqin joyda turgan Misr askari yaralanib vafot etgan.

Otishma qay tarzda yuz bergani hali aniqlanmagan. Rasmiylar Isroil askarlari va “Al-Qassam” brigadasi a’zolari ishtirokida to‘qnashuv yuz berganini taxmin qilishgan.

Misr va Isroil rasmiylari hodisa yuzasidan bir-biridan mustaqil ravishda tergov boshlagan. Otishmada bevosita ishtirok etgan askarlarni so‘roq qilish boshlangan.

Misr qurolli kuchlari vakolatli organlar orqali Rafah chegara hududida qo‘riqchining halok bo‘lishiga olib kelgan otishma hodisasini tergov qilmoqda”, — deyiladi Misr harbiy qo‘mondonligi e’lon qilgan bayonotda.

Rafah nazorati may oyi boshidan beri Isroil qo‘lida qolib kelmoqda. Ushbu hududda harbiy operatsiya o‘tkazgani uchun Isroil Misrning kuchli tanqidiga uchragan. Keskinlikning Rafah chegarasidan tashqariga chiqib, Misr askari o‘limiga sabab bo‘lishi esa nisbatan jiddiy signal sifatida ko‘rilgan.

Tomonlar tergov natijalarini ma’lum qilishi aytilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil kuchlari ishtirokida uyushtirilgan otishmada Misr askari halok bo‘ldi