Isroil harbiylari Falastinning Xizma va Tubas mavzelarida aholi xonadonlarini buzib tashladi

1 daqiqa o'qish165
Isroil harbiylari Falastinning Xizma va Tubas mavzelarida aholi xonadonlarini buzib tashladi
Foto: menglish.wafa.ps
Isroil harbiylari Falastinning G‘arbiy Sohil qismidagi Xizma va Tubas mavzelarida 27 may kuni aholi xonadonlarini buzib tashlagan. Bu haqda BMTning G‘arbiy sohildagi bo‘limlari tarqatgan xabarga asoslanib, Al Jazeera nashri xabar berdi.

Isroil askarlari Xizma va Tubasda reydlar o‘tkazgan. Noqonuniy qurilgan deb hisoblangan aholi xonadonlari buzib tashlangan. Qarshilik qilganlar hibsga olingan.

“Buzishlar odatda Isroil tomonidan berilgan ruxsatnomalar yo‘qligi sababli amalga oshiriladi, ularni olish esa deyarli imkonsiz. Isroil askarlari ruxsatnomasiz uy qurganlarni jazolashga harakat qiladi. Harbiy harakatlar va reydlar orqali xonadonlar buziladi”, — deya xabar bergan BMTning okkupatsiya qilingan Falastin hududidagi gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi.

Falastinning WAFA nashri ham xabarni tasdiqlagan. Ogohlantirish signali ortidan og‘ir texnikalar kelib, binolarni buza boshlagani aytilgan.

BMTning gumanitar yordam agentliklari Isroilning xatti-harakatlarini qoralagan. Isroil hukumati holat haqida izoh bermagan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil harbiylari 2009 yildan beri Falastinning G‘arbiy Sohil qismida kamida 10 769 ta inshootni buzib tashlagan. Ularda istiqomat qilib kelgan 16 332 nafar falastinlik uy-joyini tark etishga majbur bo‘lgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?