date
views 535

Lavrov: AQSH Osiyo davlatlaridan raketalarni joylashtirish uchun hudud ajratishni so‘raydi

Lavrov: AQSH Osiyo davlatlaridan raketalarni joylashtirish uchun hudud ajratishni so‘raydi
© Sputnik / Aleksey Filippov
Moskva AQSH Filippindan tashqari boshqa Osiyo davlatlaridan ham o‘rta va qisqa masofali raketalarni joylashtirish uchun hudud ajratishni so‘rashi mumkin, degan fikrda. Bu haqda chorshanba kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov diplomatik missiyalar rahbarlari bilan Ukraina bo‘yicha davra suhbati o‘tkazdi.

Avvaliga amerikaliklar yangi makonlarni, jumladan Filippinni ham o‘zlashtirish uchun ushbu kelishuvdan chiqdi. Ishonchim komilki, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi boshqa davlatlar ham shunga o‘xshash qurol turlari uchun mehmondo‘st hududni taqdim etish bo‘yicha so‘rovlarni qabul qilishadi”, — dedi Lavrov.

Avvalroq AQSHning Tinch okeani mintaqasidagi quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni AQSH yaqin kelajakda Hind-Tinch okeani mintaqasida o‘rta masofali raketalarni joylashtirish niyati borligini ma’lum qilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov: AQSH Osiyo davlatlaridan raketalarni joylashtirish uchun hudud ajratishni so‘raydi