date
views 254

Noqonuniy ravishda Rossiyaga borishga uringan 5 nafar afg‘onistonlik Qozog‘istonda ushlandi

Noqonuniy ravishda Rossiyaga borishga uringan 5 nafar afg‘onistonlik Qozog‘istonda ushlandi
Foto: Afghanistan International
Noqonuniy yo‘llar orqali Rossiyaga o‘tishga uringan 5 nafar afg‘onistonlik qochqin Qozog‘iston hududida hibsga olinib, Kobulga deportatsiya qilindi. Bu haqda Afghanistan International nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, hibsga olinganlar Rossiyaga kirib olgach, u yerda bir oz qolib, so‘ngra Yevropaga ketishni reja qilgan. Qozog‘iston chegarasidan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan guruhga qochqinlarning har biri 5-7 ming dollar atrofida pul to‘lagan.

Kontrabanda bilan shug‘ullanadigan guruhlar qochqinlarni Qozog‘iston-Rossiya chegarasida qoldirib ketgan. Hududdagi chegarachilar esa ularni zudlik bilan aniqlab, hibsga olgan.

Hodisaning e’lon qilingan tafsilotlariga ko‘ra, fuqarolarning hech birida Rossiya yoki Yevropa davlatlariga kirish uchun vizalar bo‘lmagan. Qozog‘iston rasmiy tashkilotlari ham qochqinlar borasida maxsus xulosaga kelib, hibsga olinganlarni besh yil muddatga mamlakatdan deportatsiya qilgan.

Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari so‘nggi paytlarda ko‘p sonli qochoqlar Rossiya orqali Yevropa davlatlariga kirish uchun ushbu davlat chegaralarini kesib o‘tishni istayotgani haqida xabar bergan. Shu sababdan ham Qozog‘iston o‘z chegaralarida yangi nazorat postlari tashkil etishga qaror qilgan.

Qozog‘iston o‘z fuqarolarini norasmiy kanallar orqali qochqinlarning Rossiyaga o‘tishiga yordam berish yetti yilgacha qamoq jazosiga tortilishga sabab bo‘lishidan ogohlantirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Noqonuniy ravishda Rossiyaga borishga uringan 5 nafar afg‘onistonlik Qozog‘istonda ushlandi
-->