Eronning Ardabil viloyatida “Mossad” agenti qo‘lga olindi

Eronning Ardabil viloyatida “Mossad” agenti qo‘lga olindi
Arxiv foto: sott.net
Eron shimoli-g‘arbidagi Ardabil viloyatida Isroilning “Mossad” xorijiy razvedka xizmati josusi qo‘lga olindi. Bu haqda IRNA nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, hibsga olingan shaxs Eronning Razvedka vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan. U 5 iyun kuni Ardabil viloyati prokuraturasi tomonidan hibsga olingan.

“Mossad” agenti bir qancha vaqt oldin yashirin ravishda Eron hududiga kirib kelgani xabar qilingan. U maxsus vazifa bilan mamlakatning bir nechta viloyatlariga borgan.

Ardabil viloyati prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, agent ijtimoiy tarmoqlar orqali “Mossad”ning yuqori martabali zobitlari bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Eron ichida ma’lumot to‘plab, Tel-Avivga uzatib turgan.

Rasmiylar hibsga olingan josus janubiy Erondan ekanligini aytgan. U hibsga olingach, ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchi akkauntlari va tegishli ma’lumotlari “Mossad” tomonidan o‘chirib tashlangan.

Isroil rasmiylari Eronda “Mossad” agenti qo‘lga olinishi bilan bog‘liq holatga munosabat bildirmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar