
Foto: AFP
Rossiya boshqa davlatlarni G‘arb nishonlariga hujum qilish uchun qurol bilan ta’minlashi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
U, shuningdek, Ukrainaning nemis qurollaridan Rossiyadagi nishonlarga zarba berish uchun foydalanishi Berlin va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarni buzishi va “xavfli qadam” bo‘lishidan ogohlantirgan.
Kiyevga G‘arb qurollari yetkazib berilishiga javoban Putin G‘arb davlatlarining muxoliflarini qurol bilan ta’minlashi mumkinligi bilan tahdid qilgan.
"Bunday harakatlar yakuniy bo‘ladi, ular xalqaro munosabatlarni butunlay yo‘q qiladi va xalqaro xavfsizlikka putur yetkazadi. Davlatlar Rossiyaga qarshi urushda bevosita ishtirok etsa, biz shunga o‘xshash tarzda harakat qilish huquqini saqlab qolamiz, bu esa juda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi", — deydi Putin Sankt-Peterburg iqtisodiy forumida.
Jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Putin AQSHni faqat o‘zining dunyodagi yetakchiligi qiziqtirayotganini aytgan.
Rossiya rahbari AQSH Ukraina uchun emas, balki o‘zining buyukligi va dunyodagi yetakchiligi uchun kurashayotgani, hech qanday holatda Rossiyaning muvaffaqiyatiga yo‘l qo‘ymoqchi emasligini qo‘shimcha qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar