
Foto: The Kyiv Independent
Ukraina hukumati 7 iyun kuni Donetsk viloyati g‘arbidagi ayrim shahar va aholi punktlaridan aholini evakuatsiya qilishni buyurdi. Bu haqda Ukraina prezidenti idorasi tarqatgan ma’lumotga asoslanib, The Moscow Times nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, mamlakat sharqidagi Donetsk viloyatida rus qo‘shinlari bilan janglar kuchayishi ortidan aholini ko‘chirish qarori chiqarilgan. Ko‘chirishning birinchi bosqichida asosan bolalar va ularga mas’ul tarbiyachilar evakuatsiya qilinishi xabar berilgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning ilg‘or o‘q otish kuchlari hozirda Donetskda to‘planganini bildirgan. Viloyatdagi mudofaa chizig‘i atrofida faol otishmalar sodir bo‘lgani kuzatilgan.
"Evakuatsiya birinchi navbatda bolalarimiz hayotini saqlab qolish uchun qabul qilingan muhim qaror", — degan Donetsk viloyati gubernatori Vadim Filashkin ijtimoiy tarmoqda qoldirgan postida.
Manbaga ko‘ra, viloyatda xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat muttasil yomonlashmoqda. O‘qqa tutilish intensivligi ortib bormoqda.
Ukraina rasmiylari evakuatsiya uchun markaziy nuqtalar sifatida yaqinda rus armiyasidan qaytarib olingan Liman shahrini keltirgan. Shuningdek, front chizig‘iga yaqin joylashgan o‘nlab aholi punktlaridan ham fuqarolar olib chiqib ketilishi e’lon qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar