date
views 125

Saudiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

Saudiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyoz va Jidda shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turg‘unov Saudiya Arabistoni madaniyat vazirining xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Fahd al-Kanan bilan uchrashgan.

Suhbat chog‘ida Saudiya Arabistonida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Vazir o‘rinbosari Fahd al-Kanan O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda rivojlanib borayotganini ta’kidladi. U so‘nggi yillarda Saudiyada madaniy sohada o‘tkazilayotgan yirik tadbirlarda O‘zbekiston vakillarining ishtirokini ijobiy baholab, ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada jadallashtirish lozimligini qayd etdi.

"O‘zbekiston delegatsiyasining har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinayotgan Xalqaro islom biyennalisida faol ishtirok etmoqda. Biz 2025 yilning yanvar oyida Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi tadbirda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi vakillarining ishtirokini ishlab chiqishni taklif etamiz", dedi u.

Uchrashuvda joriy yilda Ar-Riyoz va Jidda shaharlarida O‘zbekiston madaniyat kunlarini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi