22:18 / 09.06.2024
1 308

Indoneziyada ulkan piton ayolni yutib yubordi (video)

Indoneziyada ulkan piton ayolni yutib yubordi (video)
Kollaj: “Daryo”
Indoneziyaning Kalempang qishlog‘ida yashovchi ayolni ulkan piton yutib yubordi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

To‘rt farzandning onasi bo‘lgan 50 yoshli Farida o‘rmon oralab bozorga ketib, g‘oyib bo‘lgan. Ayol bozorda ovqat sotgan. Faridaning eri kechasi rafiqasi uyga qaytmaganidan xavotirlanib, mahalliy aholi bilan uni qidira boshlagan. Ertasi kuni ular chakalakzorda ulkan pitonga duch kelgan. Erkaklar sudraluvchining qorin qismini yorishganida ayol jasadi chiqqan. Piton ayolning oyog‘idan tishlab, uning tanasiga o‘ralib, bo‘g‘ib, keyin asta-sekin yutib yuborgani taxmin qilinmoqda.

Retikulyar piton (Malayopython reticulatus) dunyodagi eng uzun ilon bo‘lib, uzunligi odatda 6,25 metrdan oshadi. Sudralib yuruvchilar janubi-sharqiy Osiyoda yashaydi. Ular zaharli ilon emas, o‘ljasini tanasida o‘rab, bo‘g‘ib o‘ldiradi.

Pitonning odamni yutib yuborishi bo‘yicha oxirgi hujjatlashtirilgan holat 2022 yil Indoneziyada sodir bo‘lgan. 2017 yildan beri Indoneziyada to‘rt kishi shu tarzda halok bo‘lgan, endi ular qatorida piton tomonidan o‘ldirilgan ayol ham bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada ulkan piton ayolni yutib yubordi (video)
ePN