14:04 / 14.06.2024
208

Isroil havo kuchlari Livanning Tir shahriga hujum uyushtirdi

Isroil havo kuchlari Livanning Tir shahriga hujum uyushtirdi
Foto: AP
Isroil kuchlari 14 iyun kuni Livanning Tir shahriga hujum uyushtirdi. Bu haqda Livandagi manbalarga tayanib, Al Arabiya nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, hujum oqibatida bir nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan. Bir necha o‘nlab fuqarolar og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Livandagi xavfsizlik manbalari Tir porti yaqinidagi binoga raketalar kelib urilgani haqida ma’lum qilgan. Shuningdek, port atrofidagi yana ko‘plab hukumat binolari nishonga olingan.

Isroil rasmiylari hujumga aloqadorlikni rad etgan. Tir shahriga hujum yuzasidan tekshiruv o‘tkazish maqsadida Isroil shimolidagi harbiy ma’muriyat vakillari bilan bog‘lanilgani xabar qilingan.

Livan hukumati hujum qaytalanishi mumkinligini inobatga olib, shaharda favqulodda tayyorgarlik rejimi e’lon qilgan. Chegara hududidagi harbiy qismlarga ham ogohlantirish signali yuborgan.

Ma’lumot o‘rnida, Isroil hujumlari oqibatida Livanda o‘tgan yilning oktyabridan beri 300 dan ortiq “Hizbulloh” askari halok bo‘lgan.

Tinch aholi orasida 80 dan ortiq o‘lim holatlari kuzatilgan.

Isroilda esa 18 nafar askar hamda 10 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil havo kuchlari Livanning Tir shahriga hujum uyushtirdi
ePN