12:27 / 15.06.2024
59

Siril Ramafosa ikkinchi muddatga Janubiy Afrika prezidenti etib saylandi

Siril Ramafosa ikkinchi muddatga Janubiy Afrika prezidenti etib saylandi
Foto: BBC
Siril Ramafosa ikkinchi muddatga Janubiy Afrika prezidenti etib saylandi. Bu haqda Pretoriyadagi manbalarga asoslanib, BBC nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, mamlakat parlamenti hukumatdagi Afrika Milliy Kongressi va muxolifat partiyalari o‘rtasidagi muhim koalitsiya kelishuvidan so‘ng, Siril Ramafosani mamlakat prezidenti etib qayta saylagan. Endilikda mamlakat parlamenti tarkibi avvalgidek yagona partiya ustunligi emas, balki oppozitsiyalarning o‘zaro manfaatdorligi asosida shakllantiriladi.

Milliy koalitsiya tarkibiga Ramafosaning Afrika Milliy Kongressi partiyasi, Demokratik alyans hamda bir qancha kichik partiyalar kirgan. Parlamentda eng ko‘p o‘rin Ramafosa partiyasiga berilgan.

O‘zining g‘alaba nutqida Siril Ramafosa yangi koalitsiyani olqishlagan. Ittifoqdagi partiyalar liderlaridan xalq uchun harakat qilishni so‘ragan.

Liderlardan mamlakatimizdagi barchaning farovonligi uchun harakat qilishlari va birgalikda ishlashlarini so‘rayman”, — degan Ramafosa.

Ramafosaning Afrika Milliy Kongressi partiyasi so‘nggi 30 yil ichida ilk bor parlamentda ko‘pchilik ovozni yo‘qotgani xabar qilingan. Uning oldida hokimiyatni olish uchun faqat koalitsiya tuzish yo‘ligina qolgan edi.

AMK saylovlarda 40 foiz ovoz olgan. Demokratik alyans esa 22 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egallagan.

Afrika Milliy Kongressi 1994 yildan beri Janubiy Afrikadagi parlament saylovlarida 50 foizdan ortiq ovoz to‘plab, hokimiyatni idora qilib keladi. So‘nggi ikki muddatga ushbu partiya vakili, konchilik sohasi magnati Siril Ramafosa prezident etib saylangan.

Ramafosaning partiyasi mamlakatda aparteid zulmiga qarshi kurash, shovinizm va xalqaro agressiyaga qarshi kurashish borasidagi tashabbuslari bilan shuhrat qozongan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Siril Ramafosa ikkinchi muddatga Janubiy Afrika prezidenti etib saylandi