09:38 / 16.06.2024
235

Polsha prezidenti Belarusni Ukrainaga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Polsha prezidenti Belarusni Ukrainaga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlashda aybladi
Foto: Getty Images
Polsha prezidenti Anjey Duda Sheysariyada o‘tkazilayotgan Tinchlik sammitida Ukrainada urushning davom etayotganining aybi faqat Rossiyada ekanini ta’kidladi. Biroq u Belarus ham Rossiyaning bosqinchilik hujumida aybdor erkanini qayd etdi.

Dudaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘zining “o‘tmish jinlari” bilan kurasha olmagan va dekolonizatsiyadan o‘tmagan imperiya bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, u Rossiya Yevropada urushni boshlashda mustaqil harakat qilmagan.

"Men Putinning Belarusdagi qo‘g‘irchog‘i Aleksandr Lukashenko o‘z xalqini masxara qilib, urushda o‘ynagan roliga murojaat qilaman. U nafaqat Rossiyaning o‘z hududidan hujum qilishiga imkoniyat yaratib berdi, balki Polsha va Boltiq davlatlariga qator gibrid hujumlar uyushtirilishida tashabbus ko‘rsatdi. Bular oxirgi uch yildan beri davom etmoqda", — deydi Duda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina davlati o‘zini Rossiya agressiyasidan himoya qilish huquqiga ega. Xalqaro huquqqa muvofiq suverenitet va mustaqillikni himoya qilish huquqiga ega. G‘arb hamkorlari yordam berishni to‘xtatishga haqli emas.

May boshlarida Polsha Rossiya va Belarus bilan chegarasidagi hududini mustahkamlash va u yerda bunkerlar qurishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Polsha o‘z hududida NATO yadro qurolini joylashtirish bo‘yicha rasmiy so‘rov bilan chiqqan edi. Polsha prezidenti Anjey Duda bu masala Vashington va Varshava o‘rtasidagi muzokaralar mavzusi ekanini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Kaliningrad viloyatini harbiy jihatdan mustahkamlashda davom etmoqda, shuningdek, Belarus hududida yadro qurolini ham joylashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polsha prezidenti Belarusni Ukrainaga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlashda aybladi