14:17 / 16.06.2024
344

Rostovdagi tergov izolatorida mahbuslar ikki xodimni garovga olishdi

Rostovdagi tergov izolatorida mahbuslar ikki xodimni garovga olishdi
Foto: TASS
Rostov shahridagi 1-sonli tergov izolatorida mahbuslar odamlarni garovga oldi. TASS xabariga ko‘ra, kamida besh nafar ayblanuvchi (ular orasida terrorchilikda ayblanganlar ham bor) Federal jazoni ijro etish xizmatining (FSIN) ikki xodimini qo‘lga olgan.

Rossiya axborot agentliklari xabariga ko‘ra, mahbuslar avtomashina va izolatorni tark etishga qo‘yib berishni talab qilishmoqda.

Shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, izolatorga olib boruvchi ko‘chalarda transport vositalari harakatlanishi to‘xtatilgan; avtomobillar egalari va jamoat transporti aylanma yo‘llarga yo‘naltirilgan.

1-sonli tergov izolatori – qadimiy bino bo‘lib, u Rostovning qoq markazida, Gorkiy va Kirov prospektlari kesishmasida joylashgan.

Federal jazoni ijro etish xizmatining hududiy boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda boshqarma boshlig‘i, boshqa huquq-tartibot organlari va prokuratura vakillari voqea joyida bo‘lib turibdi hamda garovdagilarni ozod etish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, garovga olganlar soni besh yoki olti kishidan iborat – ularning barchasi oldin ham sudlanganlar yoki «terrorchilik» to‘g‘risidagi moddalar bo‘yicha ayblangan. Manbalarga ko‘ra, ular rezina dubinkalar, tig‘li qurollar va o‘t o‘chiruvchilarning boltalari bilan qurollangan.

Agentlik jinoyatchilar orasida ISHIDga aloqador bo‘lgan shaxslar ham borligini qo‘shimcha qilgan.

Xabar qilishlaricha, jinoyatchilar kameradagi panjaralarni sindirib, navbatchilik xonasiga kirishga muvaffaq bo‘lgan, ular bu yerda ikki kishini – operativ xodim hamda inspektor-nazoratchini qo‘lga olishgan.

Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi Yeva Merkachevaning so‘zlariga ko‘ra, garovga olinganlar orasida FSIN hududiy boshqarmasi operativ bo‘lim boshlig‘i Aleksandr Bogma ham bor.

«U yakshanba kuni tergov izolatorida nima qilayotgani tushunarsiz. Eslatib o‘taman, dam olish kunlari sudga yoki tergov harakatlariga, shuningdek advokat bilan yoki yaqinlar bilan uchrashishga ham olib ketilmaydi», — deya yozgan u o‘z telegram-kanalida.

Huquq-tartibot organlari TASS agentligiga bergan izohida Rostovdagi tergov hibsxonasidagi garovga olish sinchkovlik bilan tayyorlangan va bu jarayon oylab davom etgan bo‘lishi mumkin.

«Mahbuslar turli kameralarga joylashgan, ammo ular orasida aloqa bo‘lgan, ular o‘z harakatlarini muvofiqlashtirishgan», - degan agentlikka ichki ishlar organlarining anonim vakili.

Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslarga yordam ko‘rsatilgan. Ularning harakati «tashqaridan muvofiqlashtirilgani» to‘g‘risidagi versiya tekshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rostovdagi tergov izolatorida mahbuslar ikki xodimni garovga olishdi