16:16 / 17.06.2024
169

Latviya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga jalb qiladi

Latviya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga jalb qiladi
Foto: "Dunyo" AA
Mamlakat elchixonasi ko‘magida 10-17 iyun kunlari Latviya transport va logistika sohasidagi yirik Kreiss kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga ishchi tashrifi tashkil etildi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, tashrif davomida Latviya tomoni Transport vazirligi, Tashqi mehnat migratsiya agentligi va Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Kreiss va Tashqi mehnat migratsiya agentligi o‘rtasida Latviyaga 600 nafar haydovchilarni uyushgan tarzda ishga jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

"Vatanparvar" tashkiloti bilan ushbu uyushmaga tegishli avtomaktablar platformasida o‘zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini tayyorlash uchun maxsus simulyatorlar tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Mazkur markazlarda tayyorgarlikdan o‘tgan haydovchilar Yevropa standartlariga mos sertifikatlar olishlari va YEI davlatlarida faoliyat ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Latviya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga jalb qiladi