07:28 / 18.06.2024
513

Ushakov: “Putinning tinchlik takliflari Ukraina konferensiyasi natijalarini yo‘qqa chiqardi”

Ushakov: “Putinning tinchlik takliflari Ukraina konferensiyasi natijalarini yo‘qqa chiqardi”
Foto: “RIA Novosti”
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainani tartibga solish bo‘yicha bildirgan tinchlik takliflari Shveysariyada bo‘lib o‘tgan Ukraina bo‘yicha konferensiya natijalarini bekor qildi, deya davlat rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov xabar berdi.

"Sammit ishtirokchilari bir kun oldin ilgari surilgan takliflarimizni inobatga olishga majbur bo‘lishdi. Ko‘pchilik bu takliflarni darhol rad etgan, ammo ba’zilari bizning variantimiz haqida o‘ylashdi", — deya qo‘shimcha qilgan u.

Ushakov Rossiya rahbari nafaqat urushni tugatish, balki bu inqirozni barqaror hal qilishni ta’minlash va mojaroni qayta boshlamaslik shartlarini kelishib olish uchun real imkoniyat yaratganini ta’kidlagan.

Prezident yordamchisiga ko‘ra, Ukraina konferensiyasi tinchlik jarayonini ilgari surish uchun muhim hissa qo‘shmagan. U hatto g‘arbliklar orasida ham Ukraina muammosini Rossiya ishtirokisiz hal qilish mumkin emasligi aniq e’tirof etilganini aytgan.

Ukraina bo‘yicha tinchlik konferensiyasi

15-16 iyun kunlari Shveysariyada Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning yakuniy bayonotida ishtirokchilarning xalqaro tan olingan chegaralar doirasida barcha davlatlarning, jumladan Ukrainaning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi tamoyillarini ta’minlash vazifasiga sodiqligi aks etgan.

Konferensiya arafasida Putin Ukraina DNR va LNR, Xerson va Zaporoje viloyatlaridan qo‘shinlarini olib chiqib ketganini e’lon qilishi hamda NATOga kirishni rad etishi bilanoq Rossiya harbiy harakatlarni to‘xtatib, muzokaralarni boshlashga tayyorligini ma’lum qilgan.

"Rossiya Ukrainaning neytral, qo‘shilmaslik va yadroviy bo‘lmagan maqomiga ega bo‘lishini, uni demilitarizatsiya va denasifikatsiya qilishni talab qiladi", — dedi Putin.

Uning qayd etishicha, Rossiyaga qarshi barcha sanksiyalarni bekor qilish zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ushakov: “Putinning tinchlik takliflari Ukraina konferensiyasi natijalarini yo‘qqa chiqardi”