00:42 / 21.06.2024
68

Netanyaxu: “HAMAS yo‘q qilinmaguncha va garovga olinganlar qaytarilmaguncha, Isroil G‘azodan chiqib ketmaydi”

Netanyaxu: “HAMAS yo‘q qilinmaguncha va garovga olinganlar qaytarilmaguncha, Isroil G‘azodan chiqib ketmaydi”
Foto: Google Images
Isroil barcha garovga olinganlarni qaytarmaguncha, hatto bu bosqichma-bosqich sodir bo‘lsa ham HAMAS harakatining harbiy va boshqaruv tuzilmasini yo‘q qilmaguncha G‘azo sektorini tark etmaydi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.

Biz ularning hammasini, o‘g‘irlab ketilgan 120 kishini — tirik va o‘liklarni qaytarishga qat’iy qaror qildik. Bu bosqichma-bosqich bo‘lsa ham biz hech kimdan voz kechmaymiz”, — dedi Netanyaxu.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, anklavda isroillik harbiylar mavjudligi HAMASga bosim o‘tkazmoqda, bu esa “o‘g‘irlanganlarni qaytarish uchun imkoniyat yaratadi”.

Biz barcha garovga olinganlar qaytarilmaguncha G‘azo sektorini tark etmaymiz va HAMASning harbiy va siyosiy salohiyatini yo‘qotmagunimizcha taslim bo‘lmaymiz”, — deb ta’kidladi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu: “HAMAS yo‘q qilinmaguncha va garovga olinganlar qaytarilmaguncha, Isroil G‘azodan chiqib ketmaydi”
ePN