15:47 / 21.06.2024
446

Isroil rasmiysi: “HAMASni yengib bo‘lmaydi”

Isroil rasmiysi: “HAMASni yengib bo‘lmaydi”
Foto: Getty Images
Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Hagari Isroil HAMASni yenga olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda matbuot kotibining so‘zlaridan iqtibos keltirib, CNN nashri xabar bergan.

Hagariga ko‘ra, HAMASni yenga olmaslikning bosh sababi Isroil hukumati ichida qarama-qarshilik ketayotganidir. Hukumat ichida urush maqsadlarining turlicha ekanligi G‘azodagi urushni mantiqsiz operatsiyaga aylantirib qo‘ymoqda.

HAMASni yo‘q qilish mumkin, degan fikr jamoatchilikning ko‘ziga qum sepish bilan barobar”, — degan Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Hagari.

Hagarining izohlari Netanyaxu idorasining keskin qarshi bayonotiga olib kelgan. Netanyaxu mamlakatning G‘azodagi urush maqsadi HAMASning harbiy va boshqaruv imkoniyatlarini yo‘q qilishdan iborat ekanini bildirgan.

Matbuot kotibi HAMASning yengilmasligiga yana bir sabab sifatida u oddiy tashkilot emas, balki ideologiya ekanini keltirgan. Isroil tashkilotni jismonan yo‘q qilishga kirishgan. Shu bilan bir paytda, G‘azoda nafratni kuchaytirib, HAMAS ideologiyasi keng quloch yoyishiga hissa qo‘shmoqda.

Mudofaa kuchlari rasmiysi va Isroil bosh vazirining qarama-qarshi bayonotlari mamlakat ichida siyosiy yoriqlar paydo bo‘lganiga ishora sifatida ko‘rilgan. Harbiylar markaziy hukumatdagi noaniq harbiy strategiyaga qarshi e’tiroz kayfiyatida ekani bildirilgan.

Daniel Hagarining izohlari Isroilning harbiy kampaniyasi o‘z maqsadlariga erisha olmasligi va Netanyaxuning da’vosiga qaramay, HAMAS qudratli mafkuraviy kuch bo‘lib qolishi mumkinligi haqidagi qo‘rquvlarni aks ettirgan. Isroil esa burnining ostida yangi mafkura quloch yozib, arab dunyosiga yoyilishini xohlamaydi.

Isroil hozirga qadar G‘azoda 14 000 dan ortiq HAMAS askarini o‘ldirgan. Xalqaro hamjamiyatning o‘ldirilganlar haqiqatda ham terrorchi ekanini tekshirish borasidagi so‘rovlari javobsiz qoldirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil rasmiysi: “HAMASni yengib bo‘lmaydi”