10:36 / 22.06.2024
140

Josuslik: Germaniyada Rossiya, Armaniston va Ukraina fuqarolari hibsga olindi

Josuslik: Germaniyada Rossiya, Armaniston va Ukraina fuqarolari hibsga olindi
Foto: AP
Ukraina, Armaniston va Rossiyaning uch fuqarosi Germaniyada xorij razvedkasi foydasiga yashirin faoliyat olib borishda gumon qilinib, hibsga olindi. Bu haqda 21 iyun, juma kuni Federal sud huzuridagi Bosh prokuratura (GBA) idorasi ma’lum qildi. Hibsga olinganlar qaysi davlat foydasiga ishlagani aniqlashtirilmagan.

Xabarda aytilishicha, ukrainalik Robert A., arman Vardges I. va rossiyalik Arman S. 19 iyun kuni Frankfurt-Mayn shahrida Gessen federal yeri jinoyat boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan, bir kundan keyin ular tergov sudyasiga olib ketilgan. Federal sud uchalasini ham hibsga olishga order bergan.

Ayblanuvchilar Germaniyaga xorijiy razvedka xizmati nomidan «bu yerda bo‘lgan ukrainalik shaxs haqida ma’lumot» to‘plash uchun kelganlar, ular qo‘lga olingan kuni Frankfurt-Maynda bu shaxs kelishi kerak bo‘lgan kafeni kuzatishgan, deyiladi Germaniya Bosh prokuraturasi bayonotida.

Der Spiegel: Ehtimoliy agentlar kuzatuvdagi shaxs bilan kafeda uchrashishga kelishgan

O‘z navbatida, Der Spiegel haftaligi «xavfsizlik xizmatlari»ga tayanib, gumon qilinayotgan agentlar «ukrainalik shaxs» bilan Frankfurt kafesida uchrashishga kelishib olganini, ammo u o‘z hayotiga suiqasd bo‘lishi mumkinligidan shubhalanib, politsiyaga xabar berganini yozadi. Der Spiegel ma’lumotlariga ko‘ra, bu odam «o‘z vatanida ruslarga qarshi kurashgan». Tergov hibsga olingan uch shaxs soxta ism va familiyalar ostida harakat qilganini istisno etmayapti.

Nemis OAV: Rossiya Germaniyada josuslik usullarini moslashtirmoqda

Rossiyaning Ukrainadagi keng ko‘lamli urushi paytida Yevropa Ittifoqi davlatlari 500 ga yaqin rus josuslarini chiqarib yuborgan, Germaniyada esa to‘rtta Rossiya konsulligi yopilgan. 7 aprelda chop etilgan NDR, WDR va Süddeutsche Zeitung nemis ommaviy axborot vositalarining qo‘shma surishtiruviga ko‘ra, Rossiya zamonaviy texnologiyalar va «sayohat agentlari»ga tayanib, josuslik usullarini yangiladi.

Nemis ommaviy axborot vositalari surishtiruvi so‘nggi ikki yil ichida Rossiya operatsiyalari sezilarli darajada qo‘pollashganini ta’kidlaydi: agentlar qo‘lga tushishlarini avvaldan hisobga olishadi. Kremlparast OAV 1 mart kuni Germaniyada janjalga sabab bo‘lgan TAURUS haqidagi nemis zobitlari o‘rtasida tutib olingan suhbatni e’lon qilganini misol qilib keltirish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Josuslik: Germaniyada Rossiya, Armaniston va Ukraina fuqarolari hibsga olindi
ePN