18:30 / 22.06.2024
223

Ostona shahridagi ko‘p qavatli binoda kuchli yong‘in yuzaga keldi (video)

Ostona shahridagi ko‘p qavatli binoda kuchli yong‘in yuzaga keldi (video)
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida ko‘p qavatli binoda yong‘in chiqdi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.

Bino ma’muriy va qisman turar joy hisoblanadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tashqi korpus yonib ketgan.

Yong‘inni o‘chirishga 16 ta texnika va 72 nafar shaxsiy tarkib jalb etilgan.

Voqea joyida shtab tashkil etilgan bo‘lib, evakuatsiya ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan 8 kishi, jumladan 1 nafar bola binodan evakuatsiya qilingan.

Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ostona shahridagi ko‘p qavatli binoda kuchli yong‘in yuzaga keldi (video)