19:43 / 23.06.2024
505

Qozog‘istonda yer ostida portlash sodir bo‘ldi (video)

Qozog‘istonda yer ostida portlash sodir bo‘ldi (video)
Foto: Videodan kadr
Qozog‘istonning Taraz shahri Qorasuv mikrorayonida yer ostida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Hodisa 22 iyun kuni turar joy binolari yaqinida yuz bergan. “QazaqGaz Aimaq”ning Jambil ishlab chiqarish filiali portlash joyidan gaz quvuri o‘tmagani, portlashga boshqa narsa sabab bo‘lganini ma’lum qilgan. Mutaxassislar hodisa joyini gaz analizatori yordamida tekshirgan.

Hudud o‘rab olingan. Qurbonlar yoki jarohatlanganlar qayd etilmagan. Voqea joyiga barcha shahar xizmatlari jalb etilgan. Ularning tekshiruvi natijasida portlashga yuqori voltli yerosti kabelining ishdan chiqishi sabab bo‘lgan. Kabel uzilib, xavfsiz holatga keltirilgan. Ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda yer ostida portlash sodir bo‘ldi (video)
ePN