Foto: “TASS”
Chechenistonda rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘illari 17 yoshli Eli va 16 yoshli Adamning to‘ylari yashirincha bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kavkaz.Realii nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Eli Davlat dumasi deputati Adam Delimxonovning voyaga yetmagan qarindoshiga, Adam esa senator Sulaymon Geremeyevning qiziga uylangan. Nikoh to‘yi sirli sharoitlarda o‘tgani, ko‘plab mehmonlarga u haqda yod olish taqiqlangani aytilmoqda. Checheniston rahbarining o‘zi esa bo‘lajak to‘y yoki kelinlar haqida hech narsa demagan.
“Novaya gazeta Yevropa”ning yozishicha, to‘y kuni Kavkaz federal magistral yo‘li to‘sib qo‘yilgan. Shunga qaramay, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan: yo‘lda harakatlanayotgan Ford Focus mashinasini kelin-kuyov kortejidagi birinchi zirhli Rolls Roys mashinasi urib yuborgan. Keyinchalik Ford Focus haydovchisi kasalxonaga yotqizilgan.
Qodirovning o‘rtancha o‘g‘li Elining to‘yi haqida Chechenistonning muxolif kanallari ham xabar bergan.
“Eli Qodirovning rafiqasi 14 yoshdan katta bo‘lmagan Chechenistondan Davlat dumasi deputati Adam Delimxanovning to‘ng‘ich nevarasi Xedi Delimxanovaning qizi”, — deb yozmoqda “Novaya gazeta Yevropa” nashri.
Kavkaz.Realii, o‘z navbatida, Eli Qodirovning rafiqasi deputatning nevarasi emas, balki uning jiyani ekanini xabar qilgan.
Chechenistonlik senator Sulaymon Geremeyevning qizi, Adam Qodirovning turmush o‘rtog‘i haqida ma’lumot yo‘q. Geremeyev Checheniston rahbarining yaqin doirasiga kiradi va Davlat dumasi deputati Delimxonovning amakivachchasi hisoblanadi.
Qodirovning farzandlari, yaqinlari muntazam ravishda muhim lavozimlarga tayinlanib, yuksak mukofotlar bilan taqdirlanib keladi.
2024 yil may oyida uning to‘ng‘ich o‘g‘li, 18 yoshli Axmat Qodirov Checheniston jismoniy tarbiya va sport vaziri bo‘ldi. Keyinchalik u respublika Bosh vaziri Magomed Daudovning o‘g‘li Umar Daudovni va Davlat dumasi deputati Adam Delimxonovning jiyani Ahmad-Xoji Delimxonovni o‘zining o‘rinbosarlari etib tayinladi. O‘tgan yili 16 yoshli Adam Qodirov otasining “qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i” va “Shayx Mansur” bataloniga kurator etib tayinlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi