00:10 / 26.06.2024
130

Yevropa Ittifoqi Ukraina bilan ittifoqqa qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Yevropa Ittifoqi Ukraina bilan ittifoqqa qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Foto: Google Images
Luksemburgda Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar boshlanishiga bag‘ishlangan hukumatlararo vazirlar darajasidagi konferensiya bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal videoaloqa orqali ishtirok etdi.

Muzokaralar Ukraina tomonidan Yevropa Ittifoqining huquqiy yutuqlarini to‘liq qo‘llashini ta’minlashga qaratilgan”, dedi konferensiyani ochar ekan Belgiya tashqi ishlar vaziri Aja Labib.

Labibning aniqlik kiritishicha, uning bayonotida Yevropa Ittifoqi pozitsiyasi bayon etilgan. U Ukrainadagi sud-huquq islohoti, korrupsiyaga qarshi kurash, milliy ozchiliklarni himoya qilish va kamsitmaslik masalalariga to‘xtalib, muhokama qilinishi kerak bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.

Bu uzoq davom etadigan jarayonning boshlanishi. Bugun biz oldinga tashlangan muhim qadamni nishonlayotgan bo‘lsak-da, kelgusi yo‘l doimiy sa’y-harakatlar, fidoyilik va yanada muhim islohotlarni talab qilishini ham tan olishimiz kerak”, dedi Yevropa Kengashi raisi Sharl Mishel.

2022 yilda Ukraina YEIga kirish uchun nomzod davlat maqomini oldi. 2023 yil 14 dekabrda Yevropa kengashi mamlakatning ittifoqqa qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaror qildi. 7 iyun kuni Yevropa Komissiyasi Ukraina muzokaralarni boshlash uchun zarur bo‘lgan dastlabki shartlarni bajarganini tasdiqladi. Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Ukraina 2030 yilgacha Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa Ittifoqi Ukraina bilan ittifoqqa qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshladi
ePN