20:55 / 26.06.2024
287

NATOning yangi rahbari tasdiqlandi

NATOning yangi rahbari tasdiqlandi
Foto: iges
Niderlandiyalik siyosatchi Mark Ryutte NATOning yangi bosh kotibi bo‘ladi va bu lavozimda norvegiyalik Yens Stoltenberg o‘rnini egallaydi, deya Deutsche Welle xabar berdi.

"26 iyun kuni Shimoliy Atlantika alyansi barcha a’zo davlatlarning roziligi olinganidan so‘ng, Ryutteni o‘zining yangi rahbari sifatida rasman tasdiqladi", — deyiladi xabarda.

10 yillik boshqaruvdan keyin tashkilotni tark etayotgan Stoltenberg ittifoqchilarning qarorini olqishlab, NATOni “ishonchli qo‘llarga qoldirishini” aytgan. Stoltenberg 57 yoshli “voris”ni kuchli yetakchi va konsensus vositachisi deb atagan.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen YEI va NATO hamkorligini yanada mustahkamlash uchun Mark Ryutte bilan yaqindan hamkorlik qilishini ma’lum qilgan.

Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya fevral oyida Ryutte nomzodini qo‘llab-quvvatlagan edi. Germaniya kansleri Olaf Shols uni katta tajriba, xavfsizlik siyosati tajribasi va kuchli diplomatik mahoratga ega “ajoyib nomzod” deb atagan.

Mark Ryutte Shimoliy Atlantika alyansini 75 yillik tarixida boshqargan to‘rtinchi niderlandiyalik bo‘ladi.

Yens Stoltenberg 2014 yildan beri NATO bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgandi. 2023 yil fevral oyida u mandatni yana uzaytirishga intilmasligini e’lon qilgan. Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan keyin o‘z lavozimini tark etishning iloji yo‘qligi sababli Stoltenberg hatto Norvegiya banki rahbari etib tayinlanishini rad etishga majbur bo‘lgan. Uning NATO rahbari sifatidagi mandati 2024 yil 1 oktyabrgacha uzaytirilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATOning yangi rahbari tasdiqlandi
ePN