21:17 / 26.06.2024
249

Armaniston Qorabog‘ni Ozarbayjonga o‘tkazishda Rossiyani aybladi

Armaniston Qorabog‘ni Ozarbayjonga o‘tkazishda Rossiyani aybladi
Foto: AP
Rossiya Tog‘li Qorabog‘ni “qo‘lga oldi”, keyin uni Ozarbayjonga berdi, deya Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan xabar berdi.

"Bu butunlay Rossiyaga qaram bo‘lganimizda sodir bo‘lgan. Rossiya keldi, Tog‘li Qorabog‘ni bizdan oldi, Ozarbayjonga qaytardi, keyin ketdi — bu haqiqat. Men Rossiya Tog‘li Qorabog‘ni bosib olganini da’vo qilaman. Rossiyaning ruxsatisiz urush bo‘lmasdi", dedi u.

Grigoryan o‘z fikrini Armanistonning Rossiyaga qaramligi urushga olib kelgani, siyosiy yo‘nalish o‘zgarishi esa barqarorlikka olib kelishi bilan izohlagan.

RF Kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Grigoriy Karasin Grigoryanning bayonoti haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytgan.

"Biz arman siyosiy arboblari, jumladan, yuqori martabali rahbariyatning yozuvlari va nutqlariga murojaat qilishimiz kerak. Bu savollarga javoblar allaqachon o‘sha yerda bo‘ladi", — deydi Karasin.

Rossiya tinchlikparvar kuchlari 2020 yilgi kelishuvlarga muvofiq Tog‘li Qorabog‘da joylashgan edi. Kontingent Qorabog‘dagi to‘qnashuv chizig‘i va mintaqani Armaniston bilan bog‘lovchi Lachin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirilgan. Tinchlikparvarlar mintaqada besh yil, 2025 yilgacha qolishi kerak edi.

Biroq 2023 yilning sentyabrida Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da “aksilterror operatsiya” o‘tkazgan. Tan olinmagan respublika arman aholisi bilan birgalikda Boku nazoratiga o‘tgan.

Shundan so‘ng Yerevan va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashgan. Xususan, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya tinchlikparvar kuchlarini Qorabog‘dagi tinch aholini himoya qila olmaganlikda ayblagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armaniston Qorabog‘ni Ozarbayjonga o‘tkazishda Rossiyani aybladi
ePN