23:28 / 26.06.2024
151

Isroil mudofaa vaziri Baydenning G‘azo bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi

Isroil mudofaa vaziri Baydenning G‘azo bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi
Foto: Google Images
Isroil AQSH prezidenti Jo Baydenning G‘azo sektorida sulh bitimi bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlaydi. Endilikda Falastinning HAMAS harakati vakillari bunga rozi bo‘lishlari kerak. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Vashingtonga tashrifi chog‘ida yozib olingan videomurojaatida ma’lum qildi.

Galantning ta’kidlashicha, Isroilning birinchi ustuvor vazifasi G‘azoda garovga olinganlarni uylariga qaytarish va xalqini himoya qilishdir.

Ammo shuni bilib qo‘yingki, bizning urushimiz G‘azo xalqi bilan emas. Bizning urushimiz Livan xalqi bilan emas. Bizning urushimiz HAMAS, “Hizbulloh” va ularning homiysi Eron rejimiga qarshi. Biz sodiqmiz — shaxsan men ham shundayman. G‘azoga zarur insonparvarlik yordamini yetkazishga ko‘maklashish majburiyatini oldik, biz faqat bizga zarar yetkazmoqchi bo‘lganlar bilan kurashamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil mudofaa vaziri Baydenning G‘azo bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi
ePN