19:36 / 27.06.2024
185

Aksariyat amerikaliklar na Tramp, na Bayden prezident bo‘lishini xohlashadi

Aksariyat amerikaliklar na Tramp, na Bayden prezident bo‘lishini xohlashadi
Foto: Google Images
Aksariyat amerikaliklar AQSH prezidentligiga nomzodlardan qoniqmayapti. The New York Times gazetasining Siena kolleji bilan hamkorlikda o‘tkazgan so‘roviga ko‘ra, ular Trampni ham, Baydenni ham yangi prezident sifatida ko‘rishni xohlamaydi. AQSHda prezident saylovlari shu yilning 5 noyabriga belgilangan.

20–25 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan teledebatlar oldidan o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, saylovchilar, umuman, ikkala nomzodni ham yoqtirmaydi. Shu tariqa, respondentlarning 61 foizi demokratik partiyaga boshqa nomzod kerakligini aytgan. Saylovchilarning 54 foizi esa boshqa respublikachi nomzod zarurligini qayd etgan.

Aprel oyida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, nomzodlar teng ovoz olgandi. Yangi so‘rovnomada Trampni 40 foiz, Jo Baydenni esa 37 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan.

Mustaqil nomzod Robert Kennedi 7 foiz saylovchilarning qo‘lloviga sazovor bo‘ldi. Qayd etilishicha, may oyi oxirida Donald Trampning sudlangani saylovchilar fikriga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan. Ularning 90 foizga yaqini sobiq prezident haqida hali ham ijobiy fikrda ekanligini bildirdi.

Saylovchilarning qariyb 70 foizi, jumladan, Baydenni qo‘llab-quvvatlovchilar, uning yoshi eng katta muammo bo‘lib qolayotganini ta’kidlagan. Respondentlarga ko‘ra, Jo Bayden prezident lavozimini samarali bajarish uchun juda keksa yoshda. Shu bilan birga, saylovchilarning taxminan 40 foizi Donald Trampni ham qayta saylanish uchun juda keksa deb hisoblaydi.

Teledebatning birinchi bosqichi bugun, 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Respondentlarning 77 foizi bahsni tomosha qilishni rejalashtirgan, 19 foizi esa tomosha qilmoqchi emasligini bildirgan.

Studiyada tomoshabin bo‘lmasligi kutilmoqda, chunki Baydenning yordamchilari Donald Trampning auditoriyasini juda shovqinli deb hisoblashadi. Bahsning ikkinchi bosqichi sentyabr oyi boshida bo‘lib o‘tishi mumkin. ABC News telekanalining yozishicha, har ikki nomzod 10 sentyabr kuni kanal saytida ikkinchi debat o‘tkazishga rozi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aksariyat amerikaliklar na Tramp, na Bayden prezident bo‘lishini xohlashadi