09:55 / 28.06.2024
226

O‘zbekistonlik erkak 11,8 mln dollarlik kriptovalyuta o‘g‘irlashda ayblanib, AQSHga ekstraditsiya qilindi

O‘zbekistonlik erkak 11,8 mln dollarlik kriptovalyuta o‘g‘irlashda ayblanib, AQSHga ekstraditsiya qilindi
Illustrativ foto: Getty Images
O‘zbekistonlik 37 yoshli Nikita Andreyevich 11,8 million dollarlik kriptovalyutani o‘g‘irlashda ayblanib, Ukrainadan AQSHga ekstraditsiya qilindi.

AQSH advokati Trini Rossga ko‘ra, ayblanuvchi Valeriy Dorojkin nomi bilan ham tanilgan. U kriptovalyuta o‘g‘irlash maqsadida elektron aloqa vositalaridan firibgarlik faoliyatini amalga oshirganlikda ayblanmoqda. Bu ayblovlar eng ko‘pi 20 yil qamoq jazosi va 250 ming dollar jarimani o‘z ichiga oladi.

Tegishli ish bilan shug‘ullanayotgan AQSH advokati yordamchisi Duglas Penrosening ta’kidlashicha, 2018 yil iyun oyida o‘zbekistonlik erkak Apple kompaniyasiga EOSIO Wallet Explorer nomli ilovasini taqdim etib, uni Apple App Store do‘koni orqali sotishni niyat qilgan.

EOSIO Wallet Explorer go‘yoki kriptovalyuta hamyoni sifatida ko‘rsatilgan, aslida esa foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash uchun mo‘ljallangan zararli dastur bo‘lib, shu tariqa Dorojkin kriptovalyuta fondlariga kirish huquqini olgan.

2018 yil sentyabr oyida Nyu Yorkning G‘arbiy okrugidan bir kishi (jabrlanuvchi) o‘zining iPhone’iga EOSIO Wallet Explorer'ni sotib olib o‘rnatgan. Jabrlanuvchi o‘zining shaxsiy kalitini (ma’lumotni) kiritganidan so‘ng, O‘zbekiston fuqarosi jabrlanuvchining kriptovalyuta hamyoniga ruxsatsiz kirish huquqiga ega bo‘lgan. Hamyonda o‘sha paytda qiymati 11,8 million dollarga teng bo‘lgan 2 milliondan ortiq EOS kriptovalyutalari bo‘lgan.

2018 yil 25 sentyabrda Dorojkin jabrlanuvchining hamyonidagi shaxsiy kalitni o‘zgartirgan, natijada jabrlanuvchi o‘z mablag‘larini boshqarish va foydalanish imkoniyatini yo‘qotgan.

2019 yil fevral oyida O‘zbekiston fuqarosi EOS kriptovalyutasini jabrlanuvchining hamyonidan o‘z nazorati ostidagi ko‘plab boshqa onlayn hamyonlarga o‘tkazgan. Adliya departamentining Xalqaro aloqalar boshqarmasi o‘zbekistonlikni hibsga olish va ekstraditsiya qilishni ta’minlash uchun Ruminiya va Ukraina rasmiylari bilan hamkorlik qilgan. Valeriy Dorojkinning jinoyatda aybdorligi isbotlanmaguncha aybsiz hisoblanadi. U 2024 yil 3 iyulga belgilangan sud tingloviga qadar hibsda qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonlik erkak 11,8 mln dollarlik kriptovalyuta o‘g‘irlashda ayblanib, AQSHga ekstraditsiya qilindi