Foto: Shutterstock
Qo‘shma Shtatlar Qatardan Livandagi “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilishda yordam so‘radi. Bu haqda The Washington Post manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektoridagi sulh bo‘yicha muzokaralarda vositachilik qilgan Qatar Bayden ma’muriyatidan Isroil-Livan chegarasida “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasidagi taranglikni kamaytirishga yordam berish so‘rovini olgan.
“Hizbulloh” vakiliga ko‘ra, G‘azoda vaqtinchalik o‘t ochish to‘xtatilsa, noyabr oyida G‘azoda bir haftalik tanaffus paytida bo‘lgani kabi guruh Livanda munosib javob qaytaradi. Shu bilan birga, u G‘azodagi urush butunlay tugamaguncha “Hizbulloh” kengroq kelishuvga rozi bo‘lmasligini ta’kidlagan.
Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant va Amerika rasmiylari o‘rtasidagi shaxsiy uchrashuvlardan birida ishtirok etgan mulozimning aytishicha, Mudofaa vazirligi rahbari Eron va “Hizbulloh” Isroilga tahdid solayotganini aytgan.
Galant Eron “to‘satdan Isroilni yo‘q qilish uchun keng ko‘lamli urush boshlashi mumkin” degan fikrni bildirgan. Nashrga ko‘ra, bu mubolag‘a va Amerika razvedka ma’lumotlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Avvalroq The Wall Street Journal nashri Bayden ma’muriyati rasmiylaridan biriga tayanib, “Hizbulloh” jangarilari Isroil kuchlari G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatmaguncha, jangovar harakatlarni to‘xtatish niyatida emasligi haqida xabar bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi