12:35 / 01.07.2024
176

Belarus Qurolli kuchlari bosh shtabi raisi: “Agar mustaqilligimiz tahdid ostida qolsa, Belarus yadro qurolidan foydalanishi mumkin”

Belarus Qurolli kuchlari bosh shtabi raisi: “Agar mustaqilligimiz tahdid ostida qolsa, Belarus yadro qurolidan foydalanishi mumkin”
Foto: “RF-SMI.ru”
Agar Belarus mustaqilligi xavf ostida qolsa, mamlakat yadro qurolidan foydalanishi mumkin. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabi raisi Pavel Muraveyko bergan bayonotga asoslanib, “Komsomolskaya pravda” manbasi xabar berdi.

Muraveyko favqulodda holatlarda Belarus Respublikasi jangovar kallaklardan foydalanishiga aslo shubha qilmaslikka chaqirgan. Mamlakat mudofaa rahbariyati bu borada allaqachon dasturga eka ekanligi ta’kidlangan.

Agar respublika suverenitetiga tahdid tug‘ilsa, Belarus strategik bo‘lmagan, taktik yadro qurolidan foydalanishi mumkin. Bosh shtab rahbari, shuningdek, mamlakat mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Muraveyko buni ONT telekanalida bergan intervyusida ham aytib o‘tgan.

Belarus rasmiysiga ko‘ra, mamlakatda taktik yadro qurollarining mavjudligi boshqa davlatlar uchun to‘xtatuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Belarus siyosatiga muxolif bo‘lganlar buni jiddiy qabul qilishi kerak va provokatsiyalardan tiyilishi kerak.

Biz bu qurollarni boshqarishni o‘rgandik, ulardan qanday qilib samarali foydalanishni bilamiz, bunga qodirmiz. Mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligiga tahdid tug‘ilsa, biz buni amalga oshirishimizga ishonchingiz komil bo‘lsin”, — degan Pavel Muraveyko.

Bosh shtab boshlig‘i Rossiya bilan qo‘shma yadroviy mashg‘ulotlar haqida ham hisobot bergan. Mashg‘ulotlarda Minskning yadro qurolidan foydalanishga tayyorligini maksimal darajaga ko‘tarilgan. Taktik yadro sinovlari katta muvaffaqiyat bilan amalga oshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarus Qurolli kuchlari bosh shtabi raisi: “Agar mustaqilligimiz tahdid ostida qolsa, Belarus yadro qurolidan foydalanishi mumkin”