O‘mon O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi

O‘mon O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi
Foto: AP
O‘mon O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga 14 kun davomida vizasiz bo‘lib turish tartibini joriy qildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

O‘monning O‘zbekistondagi elchixonasiga ko‘ra, mamlakatda mazkur muddatdan ko‘proq vaqt mobaynida bo‘lishni istagan o‘zbekistonliklar O‘monga kirish paytida aeroportning o‘zida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021 yil 1 martdan boshlab O‘mon fuqarolari uchun 10 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar