21:53 / 01.07.2024
390

Ukraina xavfsizlik xizmati hukumatni ag‘darishni rejalashtirgan guruhni fosh etdi

Ukraina xavfsizlik xizmati hukumatni ag‘darishni rejalashtirgan guruhni fosh etdi
Foto: “life.ru”
Ukraina xavfsizlik xizmati 1 iyul kuni Kiyev hukumatini ag‘darishni rejalashtirgan guruhni fosh etgan. Bu haqda Ukraina mahalliy nashrlari tarqatgan xabarlarga asoslanib, “TASS” xabar berdi.

Xavfsizlik xizmati bayonotiga ko‘ra, hibsga olinganlar Ukrainadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish va hukumatni o‘zgartirishni rejalashtirgan. To‘ntarish tashkil etish va uning miqyosini kengaytirish uchun xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan aloqa o‘rnatishga intilgan.

Hibsga olinganlar mamlakat harbiy-siyosiy rahbariyatini ag‘darish va Oliy Rada binosini egallab olishga tayyorgarlik ko‘rgan. Xavfsizlik xizmati oshkor qilinmagan manbalar orqali guruh haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lgan.

Jinoiy guruh Kiyev markazida tartibsizlik tashkil etishni maqsad qilgan. Ularning rejasiga ko‘ra, shahar markaziy maydonida g‘alayon tashkil etilishi, hukumat ag‘darilgan deb e’lon qilinishi va so‘ngra strategik obyektlar egallanishi kerak edi. Hujum dasturida parlamentni shturm qilish rejasi ham bo‘lgan.

Jinoiy uyushma Kiyev, Dnepr va boshqa viloyatlardan jamoat faollarini jalb qilgan. Hukumatga muxolif shaxslarni mamlakat markazida to‘plash reja qilingan. Tinch aholi vakillarini namoyishlarga ko‘tarish uchun ijtimoiy tarmoqlarda propaganda kanallari tashkil etilgan.

Ukraina xavfsizlik xizmati necha kishi hibsga olingani va ularning shaxsini oshkor qilmagan. Qo‘lga olinganlar 10 yilgacha panjara ortida qolishi va mol-mulki musodara qilinishi mumkinligini ma’lum qilingan.

Rasmiylar hodisa yuzasidan tekshiruv hali davom etishini bildirgan. Kiyevdagi bir qator davlat mansabdorlari fosh qilingan guruh Rossiya bilan aloqador ekanligini iddao qilgan. Tergov yakunida mudofaa ma’muriyati maxsus bayonot berishi aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina xavfsizlik xizmati hukumatni ag‘darishni rejalashtirgan guruhni fosh etdi