12:23 / 02.07.2024
78

Ramzan Qodirov jiyanini Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinladi

Ramzan Qodirov jiyanini Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinladi
Foto: “Yagona Rossiya” partiyasi matbuot xizmati
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 27 yoshli jiyani Hamzatni Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinladi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

Yig‘ilish davomida men Shalinskiy tumani administratsiyasi rahbariyatida kadrlar o‘zgarishi bo‘yicha takliflar kiritdim. Tumanning yangi rahbari mening qadrdon akam Turpal-Ali Ibrohimov bo‘ladi. Hurmatli jiyanim Hamzat esa Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimiga tayinlandi. Ularning ikkalasi ham rahbarlik lavozimlarida katta tajribaga ega va o‘zlariga yuklangan mas’uliyatni uddasidan chiqa oladi”, — deb Ramzan Qodirov.

Hamzat Qodirov Checheniston rahbarining akasi Zelimxonning o‘g‘li bo‘lib, 21 yoshida ilk lavozimiga tayinlangan. O‘shanda u Kurchaloyevskiy shahar okrugi hokimligi rahbarining birinchi o‘rinbosari, keyin esa ushbu tuman administratsiyasi rahbari bo‘lgan. 2023 yilda u Checheniston hukumati raisi o‘rinbosari — mulk va yer munosabatlari vaziri lavozimini egallagandi.

Iyun oyi boshida Qodirov Checheniston transport, kommunikatsiya va raqamli rivojlanish vaziri lavozimiga yana bir jiyani Adam Cherxigovni tayinlagandi.

Checheniston hukumatidagi 23 ta lavozimdan to‘qqiztasini Ramzan Qodirovning qarindoshlari egallab turibdi. Uning o‘zi ham o‘ziga qaratilgan tanqidlarni izohlar ekan, Checheniston bir necha qarindoshlarining davlat lavozimlariga tayinlanishidan ajralib turmasligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov jiyanini Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinladi