21:18 / 02.07.2024
96

Bayden Trampning qisman daxlsizligi haqidagi sud qaroriga norozilik bildirdi

Bayden Trampning qisman daxlsizligi haqidagi sud qaroriga norozilik bildirdi
Foto: Reuters
AQSH Oliy sudining sobiq prezident Donald Trampning qisman daxlsizlik haqidagi da’vosi bo‘yicha qarori xavfli hodisa hisoblanadi. Bu haqda AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden bayonot berdi.

"Bu yangi tamoyil va xavfli pretsedent, chunki mansab vakolatlari endi qonun bilan cheklanmaydi. Yagona cheklovlarni prezidentning o‘zi belgilaydi", — deydi Bayden.

AQSH rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar mamlakatda “qirollar” bo‘lmaydigan va hech kim, hatto prezident ham qonundan ustun kelmaydigan tamoyilga asoslanadi. Baydenga ko‘ra, sud qarori qonun ustuvorligiga putur yetkazadi.

1 iyul kuni AQSH Oliy sudi Trampga huquqiy ta’qibdan mutlaq immunitet berishni rad etgan edi. Shu bilan birga, sud uni qisman daxlsizlikka ega, deb hisoblagan — bu sobiq davlat rahbarining prezidentlik davridagi “konstitutsiyaviy vakolatlar” doirasidagi harakatlariga taalluqlidir. Immunitet Trampning boshqa harakatlari uchun ta’minlanmaydi.

Tramp sud qarorini konstitutsiya va demokratiyaning “buyuk g‘alabasi” deb atagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Trampning qisman daxlsizligi haqidagi sud qaroriga norozilik bildirdi